XALQARO MENTAL ARIFMETIKA OLIMPIADASIDA YURTIMIZ OʻQUVCHILARI GʻOLIB BOʻLDI

Mamlakatimizda oʻtkazilgan mental arifmetika olimpiadasi gʻoliblari Moskva shahridagi bellashuvlarda oʻz iqtidorini namoyon etdi. Xususan, fargʻonalik uch nafar oʻquvchi mazkur olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Jumladan, yurtdoshimiz 6 yoshli Humoyunmirzo 1-oʻrinni, Samandar Murodov 2-oʻrinni, Gulasal Akbarova olimpiada Gran-prisini qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblar ustozi Isroil Tillaboyev metodikasi boʻyicha saboq olgan. Fargʻona viloyatiga dastlabki mental arifmetika kurslarini olib kirgan oʻqituvchi Isroil Tillaboyev mental arifmetika boʻyicha oʻzining mualliflik kitobini ham nashr etgan. Bu oʻzbek tilidagi birinchi mental arifmetika darsligi hisoblanadi.

Mamlakatimiz oʻquvchilarini xalqaro mental arifmetika olimpiadasidagi muvaffaqiyati bilan qutlab, kelgusi bellashuvlarda omad tilab qolamiz!

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing

Copyright © 2020 Yuqori Chirchiq tumani XTBining rasmiy sayti-