Yuqori Chirchiq tumani Xalq ta’limi bo’limi mudiri Guliston Aytekovaning yangi yil tabrigi

Tuman Xalq ta’limi bo’limi tumanimizning ta’lim jonkuyarlarini, jumladan, barcha pedagoglarni  kirib kelayotgan 2020 yil bilan chin ko’ngildan muborakbod etadi. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut-baraka va oilangizdan shodu hurramlik aslo arimasin. Yangi yil yangi imkoniyatlar, yangi sinovlar demak! Yuragingiz umid bilan, qalbingiz ishonch bilan, hayotingiz quvonch bilan, xonadoningiz tinchlik, xotirjamlik va baxt bilan to’lsin! Boshlanayotgan  yil omad va muvaffaqiyatlar yili bo’lsin! Sharafli va mas’uliyatli ishlarimizga yaratganning o’zi rivoj bersin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin!

Yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin!

print

image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing