Maktab bitiruvchilaring yakuniy davlat attestatsiyasi va OTMlarga kirish imtihonlari unifikatsiya qilinishi mumkin

2020 yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb masalalar, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar va islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarning «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

«Yo‘l xaritasi»da amalga oshirish belgilangan asosiy masalalar ichida Ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlari va adabiyotlarni takomillashtirish ham bor. Unga ko‘ra, darsliklar qayta ko‘rib chiqiladi, umumta’lim fanlariga mos xalqaro sertifikatlar reyestri shakllantiriladi, o‘zbek tili va matematika fanlari bo‘yicha maxsus imtihon metodikasi ishlab chiqiladi, umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari unifikatsiya qilinishi ham mumkin.

Mazkur masala bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan barcha chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:

1. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro standartlarga moslashtirish.

2020 yil 15 yanvargacha:

  • mazmun jihatdan bir-biriga yaqin mutaxassisliklarni birlashtirish;
  • magistratura mutaxassisliklarini yiriklashtirish;
  • ilmiy faoliyatni tor sohalar bo‘yicha amalga oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2020 yil 1 aprelgacha:

  • amaldagi oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorini xalqaro standartlarga moslash.

2. Professional ta’lim tizimini takomillashtirishda vazirlik va idoralarning Milliy kvalifikatsiya tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarini jadallashtirish.

  • 2020 yil yanvar oyida — iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun Kvalifikatsion ramkalarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • 2020 yil 15 martgacha — milliy professional standartlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • 2020 yil 1 iyungacha — milliy professional standartlarga muvofiq, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi uchun ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Fan dasturlarining mazmun-mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlash hamda o‘quvchi va talabalarda shakllanishi zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar darajasini aniq belgilash.

  • 2020 yil 15 yanvargacha — tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, olimlar va mutaxassislardan iborat konsultativ organni tashkil etish, uning 2020 yil uchun ish rejasini tasdiqlash;
  • 2020 yil 1 iyungacha — ta’limning barcha bosqichlaridagi fan dasturlarini tahlil qilish va ularning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash.

4. Maktab, akademik litsey, professional va oliy ta’lim muassasalarida foydalanib kelinayotgan darsliklarni yangitdan ishlab chiqiladigan fan dasturlariga muvofiqlashtirish.

  • 2020 yil 1 iyungacha — takomillashtirilgan fan dasturlaridan kelib chiqib, har bir tizim kesimida yangi darsliklarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
  • 2020 yil 15 avgustgacha — qayta ishlangan dasturlardan kelib chiqib, darsliklarni tayyorlash bo‘yicha 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

5. Xorijiy tillar kabi boshqa fanlardan ham milliy va xalqaro sertifikatlarni joriy etgan holda, abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonidan ozod qilish mexanizmini bosqichma-bosqich boshqa umumta’lim fanlariga tatbiq etish.

  • 2020 yil 1 fevralgacha — umumta’lim fanlariga mos xalqaro sertifikatlar reyestrini shakllantirish;
  • 2020 yil 1 maygacha — o‘zbek tili va matematika fanlari bo‘yicha maxsus imtihon metodikasini ishlab chiqish;
  • 2020 yil may-sentabr oylari oralig‘ida — o‘zbek tili va matematika fanlari bo‘yicha maxsus imtihonni sinovdan o‘tkazish;
  • 2020 yil 10 sentyabrgacha — sinov natijalaridan kelib chiqib, 2021/2022 o‘quv yilidan mazkur imtihonlarni joriy etish masalasi yuzasidan takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish.

6. Ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqib (YeGE — Rossiya Federatsiyasi, SAT — AQSh, GCSE — Buyuk Britaniya dasturlari misolida), umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish.

  • 2020 yil 15 yanvargacha — tegishli vazirlik va idoralar mas’ul xodimlari, mahalliy va xorij mutaxassislaridan iborat maxsus eksperlar guruhini tashkil qilish;
  • 2020 yil 1 aprelgacha — yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini birlashtirib, yagona test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • 2020 yil 1 iyungacha — takliflarning jamoatchilik va ekspertlar tomonidan muhokamasini tashkil qilish;
  • 2020 yil 1 iyulgacha — imtihonlarni unifikatsiya qilish yuzasidan takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish.

7. Xalqaro baholash PISA-2021 (The Programme for International Student Assessment) tadqiqotlariga maktab o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasini oshirish.

  • 2020 yil 1 martgacha — PISA xalqaro baholash tadqiqotlarini o‘tkazish dasturi asosida mahalliy kompyuter dasturi va onlayn trenajyorlarni yaratish;
  • 2020 yil 1 aprelgacha — PISA xalqaro baholash tadqiqotlarida foydalanilgan va mahalliy ekspertlar tomonidan yaratilgan savol va topshiriqlarni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi veb-saytiga joylashtirish;
  • 2020 yil 1 maygacha — PISA xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarlik bo‘yicha kompyuter dasturi va trenajyordan foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar uchun kaskad usulida seminar-treninglar tashkil etish;
  • 2020 yil dekabrgacha — 7–9-sinf o‘quvchilarini ushbu dasturlarda malaka va ko‘nikmalarini oshirishga jalb etish.

8. Xalqaro PISA tadqiqoti doirasida umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining savodxonligini baholashga qaratilgan tajriba sinovlarini (Field trial) o‘tkazish.

  • 2020 yil 1 martgacha — PISA dasturi koordinatorlari tomonidan tanlab olingan maktablarni tadqiqot talablariga muvofiq tayyorlash;
  • 2020 yil 1 maygacha — Xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazishga oid yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va tanlangan maktablarga yetkazish;
  • 2020 yil 1 iyulgacha — tanlangan maktablarda tajriba sinovlarini (Field trial ) o‘tkazish.
print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing