Maktab bitiruvchilariga haydovchilik guvohnomasi berilishi mumkin

 

Endilikda maktab bitiruvchilari yo‘l harakatlari qoidalari bo‘yicha imtihon topshiradi. Bu haqda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Loyihada Yo‘l harakati barcha qatnashchilarining huquqiy madaniyati va malakasini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.

Loyihada:

* umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga majburiy tartibda yo‘l harakatlari qoidalari bo‘yicha mashg‘ulotlarni kiritish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish (10-11-sinfda);

* umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yo‘l harakatlari qoidalari bo‘yicha imtihon o‘tkazish va natijalari bo‘yicha sertifikat berish;

* umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini tugatgan va imtihondan o‘tgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasi berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Muallif: Bahodir

Javob yozing