Xalq ta’limi tizimida yangi davlat xizmati joriy etiladi

Fuqarolar attestatni yo‘qotganda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uning dublikatini qisqa muddatda olishi mumkin bo‘ladi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi PF-5278-son farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, fuqarolar attestat (shahodatnoma) yoki sertifikatlarni yo‘qotgan yoki familiyasini o‘zgartirganda yoxud yaroqsiz, buzilgan hollarda Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali uning dublikatini qisqa muddatda olishga erishadi.

Xalq ta’limi vazirligining alohida ta’kidlashicha, shu vaqtga qadar fuqarolar dublikat attestat olishlari uchun bir oy kutishlari zarur bo‘lgan.

Qaror loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing