Anvar Umarov ishtirokida BRIFING

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar!

Eʼlon qilingan karantin rejimi hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun berilgan taʼtil davrida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatiga oid savol va murojaatlar kelmoqda.

Bugungi kungacha kelib tushgan murojaatlarga quyidagicha javob beramiz.

1-savol: Oʻqituvchilarning attestatsiyadan oʻtishi onlayn boʻlib oʻtadimi?

Javob: Respublika Maxsus komissiyasining 2020-yil 15-martda oʻtkazilgan yigʻilish bayoni hamda 23-mart kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, odamlar toʻplanishi mumkin boʻlgan barcha tadbirlar toʻxtatilgan, jumladanpedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari ham qoldirildi.

Attestatsiya jarayonlari onlayn shaklda oʻtkazilmaydi.

Pedagog kadrlar uchun malaka sinovlari qachon oʻtkazilishi haqida Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan holdaqoʻshimcha xabar beriladi.

Hurmatli pedagoglar, sizdan ushbu qoʻshimcha vaqtingizdan unumli foydalanib, oʻz ustingizda ishlashga eʼtibor qaratishni soʻraymiz.

2-savol: Oʻqituvchilarga hozirgi berilgan taʼtil yozgi taʼtilga qanchalik taʼsir qiladi, yaʼni yozgi taʼtil davri qisqaradimi?

Javob: Xabaringiz bor, respublikamizdagi barcha pedagoglar joriy yilning 18-martidan boshlab haq toʻlanadigan mehnat taʼtiliga chiqarildi. Bu haqda vazirlikning tegishli buyrugʻi ham qabul qilinib, joylarga yetkazildi.

Ushbu mehnat taʼtili oʻqituvchilarning yozgi davrda beriladigan mehnat taʼtilining bir qismi boʻlib, amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiylashtiriladi. Yaʼni oʻqituvchilar hozirda olgan taʼtil davrining foydalanilmagan qismini yozda davom ettiradi. Boshqacha aytganda, yozgi taʼtil davri mos ravishda qisqaradi. 2019/2020 oʻquv yili uchun rejalashtirilgan taʼtil (2020-yilning 21-martdan – 27-martgacha) davrida koʻzda tutilgan pedagogik yuklamalar pedagoglar tomonidan oʻrnatilgan tartibda oylik ish haqlari saqlab qolingan holda masofadan turib bajarilishi belgilandi.

Shuni alohida taʼkidlab oʻtishimiz kerak, darslar boshlangandan keyin oʻqituvchilarning taʼtili ham tugaydi. Bu boʻyicha qoʻshimcha axborot beriladi.

3-savol: Oʻquv yili odatdagidek 25-mayda tugatiladimi?

Javob: Amaldagi tartibga (Vazirlar Mahkamasining 15.03.2017y 140-sonli qarori) koʻra, oʻquv yili 25-mayda yakunlanadi. 26-maydan 15-iyunga qadar 9-11-sinflarda bitiruv imtihonlari oʻtkaziladi.

Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan 16-martdan boshlab taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun taʼtil eʼlon qilingan.

Albatta, taʼtilning davomiyligi tibbiy profilaktika (karantin) jarayonlarining davom etishiga bogʻliq.

Respublika Maxsus komissiyasi qaroriga asosan taʼtilning davomiyligiga qarab oʻquv jarayonlarini davom etishi yoki etmasligi haqida oʻquvchilar va ota-onalar xabardor qilinadi.

Taʼtil vaqtida belgilangan oʻquv dasturlardagi bilimlar televizion darslar orqali oʻquvchilarga yetkaziladi.

Bu darslarni faqat oʻquvchilar emas, balki ularning ota-onalari va yaqinlari, barcha pedagoglar ham kuzatib borishi lozim boʻladi.

4-savol: (rus tilida) Можно ли опубликовать экзаменационные материалы для выпускных и переводных экзаменов, что бы пока дети на каникулах они могли готовиться к экзаменам?

Javob: В настоящее время специалистами Республиканского центра образования при Министерстве народного образования ведется работа по подготовке экзаменационных материалов по соответствующим предметам для 5-11-классов.

Контрольные материалы будут размещены на официальном сайте Министерства народного образования uzedu.uz и информационно-образовательном портале eduportal.uz до 1 апреля 2020 года.

Yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli imtihon materiallari hozirda Respublika taʼlim markazi tomonidan 5-11-sinf oʻquvchilari uchun belgilangan fanlar kesimida tayyorlanmoqda.

Nazorat materiallari 2020-yil 1-aprelga qadar Xalq taʼlimi vazirligining uzedu.uz rasmiy veb-sayti va eduportal.uz axborot taʼlim portaliga joylashtiriladi.

5-savol: Darslar toʻxtatildi, ana endi darslar boshlangandan keyin toʻxtatilgan darslar joyidan davom ettiriladimi?

Javob: Darslar toʻxtatilgan kun, yaʼni 16-martdan 20-martga qadar

oʻquv yilining 3 chorak yakuniga toʻgʻri kelganligi sababli, bu davrda oʻquv dasturiga asosan aksariyat mavzular takrorlash yoki oʻtilgan mavzularni mustahkamlashga qaratilgan.

Shu bois karantin rejimi tugatilib, darslar boshlangandan keyin aynan toʻxtatilgan mavzudan boshlashga ehtiyoj qolmaydi. Chunki oʻquvchilar uchun tayyorlanayotgan televizion darslar orqali ana shu boʻshliq toʻldirib ketilmoqda. 

Televizion darslar oʻquv yilining 4-choragiga rejalashtirilgan mavzulari asosida tayyorlanmoqda. Lekin shuni alohida taʼkidlash joizki, oʻquvchilar televizion darslar orqali oʻzlashtira olmagan bilimlar oʻquv jarayonlari boshlangan vaqtda albatta fan oʻqituvchilari yordamida mustahkamlanadi.

6-savol: Maktab darslari masofaviy va mustaqil oʻzlashtiriladi, deyildi. Darslar boshlanganda shu darslardan imtihonmi yoki shunga oʻxshash biror narsa boʻladimi? Oʻzlashtirilganligi qanday aniqlanadi?

Javob: Televizion darslarni parallel ravishda internet tarmogʻidavazirlikning rasmiy veb-saytida, kundalik.com hamda onlayn maktab elektron portali orqali kuzatib borishga imkon yaratiladi.

Kundalik.com orqali oʻqituvchilar oʻquvchilarning videodarslar orqali bilim olishini nazorat qilib, baholab boradi.

Kundalik raqamli taʼlim platformasi Oʻzbekiston maktablarida masofaviy taʼlimni tashkil qilish uchun barcha zarur funksiyalarga ega. Bu oʻquvchilarga uyda oʻtirgan holda oʻquv jarayonini toʻxtatmaslik, fanlarni mustaqil ravishda oʻrganish va pedagog bilan masofadan turib muloqot qilish imkonini beradi.

Pedagoglar Kundalik orqali uy vazifalarini va oʻquv materiallarini berishi, oʻquvchilar esa bajarilgan ishlarni tekshirishga yuborishlari mumkin. Yakun boʻyicha oʻqituvchilar elektron jurnalga baho qoʻyadi yoki javoblar ustida yana ishlash boʻyicha sharhlarini qoldiradi.

Albatta, bu tizim hozircha faqat Toshkent shahrida yoʻlga qoʻyilganligi bois, qolgan hududlarda taʼtil davri tugab, oʻquv jarayonlari boshlangan vaqtda 4-chorakda rejalashtirilgan nazorat ishlari (oraliq va yakuniy) oʻtkaziladi. Chunki oʻquvchilarning oʻquv yilini muvaffaqiyatli yakunlashi hamda sinfdan-sinfga koʻchirilishi, bitiruvchi sinf oʻquvchilariga esa attestat berilishi kerak boʻladi.

Shu bilan birga, barcha yurtdoshlarimizga murojaat qilib, farzandlari bilimini mustahkamlashda ota-onalar yordamlarini ayamasligini, faqatgina teledasturlar orqali berilayotgan darslarda emas, balki muntazam ravishda maktab dasturini oʻzlashtirishida koʻmak berishlarini iltimos qilib qolamiz.

Shuningdek, barcha pedagoglardan oʻz fanlari boʻyicha masofaviy tarzda – telefon, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda oʻquvchilariga pedagogik va psixologik yordam berishlarini, ularning bilimlaridagi boʻshliqlarni toʻldirib borishlarini soʻraymiz.

7-savol: Karantin tufayli umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan fan olimpiadasining III viloyat bosqichi qoldirildimi? Agar qoldirilgan boʻlsa, qaysi oy oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda?

Javob: Yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek, Maxsus komissiya qarori va Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (23-mart 2020 y 176-sonli) qaroriga muvofiq, barcha tadbirlar, jumladan 23-28-mart kunlariga rejalashtirilgan fan olimpiadalari ham qoldirildi.

Taʼtil davri tugaganidan soʻng oʻquv jarayonlariga taʼsir qilmagan holda fan olimpiadalari oʻtkaziladi. Bu haqda albatta ota-onalar va oʻquvchilar hamda pedagoglar qoʻshimcha ravishda xabardor qilinadi.

8-savol: Men maktabda psixolog boʻlib ishlayman. Lekin karantin vaqtida maktabda administratsiya yaʼni direktor, direktor oʻrinbosarlari, psixolog, Yoshlar ittifoqi, ishlasin degan qaror chiqdi. Lekin meni 3 nafar voyaga yetmagan farzandlarim bor. Direktor oʻz hisobingizdan taʼtilga chiqing, deb aytdi.

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi Farmonida belgilab berilganidek, bogʻcha yoki boshlangʻich sinf yoshida boʻlgan farzandlariga uyda qarab turishlari uchun lavozimidan qatʼiy nazar mehnat taʼtili beriladi. Buning uchun ularga barcha sharoitlar yaratilishi shart.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 176-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 24-martda tegishli buyrugʻi qabul qilindi.

Endilikda taʼlim muassasalari (tashkilotlar)ning asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni (maktab direktori yoki oʻrinbosarlaridan biri, qorovuldan tashqari) mehnat taʼtiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish belgilandi.

Shunga koʻra, Sizga qonunchilikka muvofiq mehnat taʼtiliga chiqishingizga ruxsat beriladi.

9-savol: Xususiy maktabda ishlayman. Maktabning xorijlik rahbari ishga kelishni talab qilyapti. Aks holda ishdan boʻshashim mumkinligini aytmoqda. Shu toʻgʻrimi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-sonli qaroriga muvofiq idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat taʼtiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralarini koʻrish topshirilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda umumtaʼlim muassasalari, shu jumladan, nodavlat taʼlim muassasalarida ham oʻqituvchilarni mehnat taʼtiliga chiqarish yoki masofaviy ishlash rejimiga oʻtkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

10-savol: Viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari, shahar tuman xalq taʼlimi boʻlimi metodistlari faoliyatini davom ettiradimi ular ham mehnat taʼtiliga chiqadimi?

Javob: Yuqorida taʼkidlab oʻtilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi Farmoniga asosan barcha xodimlarga bogʻcha yoki boshlangʻich sinf yoshida boʻlgan farzandlariga uyda qarab turishlari uchun lavozimidan qatiy nazar mehnat taʼtili beriladi, buning uchun ularga barcha sharoitlar yaratilishi shart.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 24-martdagi tegishli buyrugʻi qabul qilindi.

Endilikda tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat taʼtiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (“onlayn” rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish belgilandi.

Shunga koʻra, hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari metodistlari va boshqa xodimlari qonunchilikka muvofiq mehnat taʼtiliga chiqishi yoki ish faoliyatini masofadan tashkil etishi mumkin.

11-savol: PISA 2021 xalqaro tadqiqotlar boʻyicha joylarda tashkil etilgan tayanch maktablar faoliyati karantin vaqtida toʻxtatiladimi yoki davom ettiriladimi?

Javob: Respublikadagi barcha taʼlim muassasalari qatori xalqaro baholash tadqiqotlar boʻyicha tayanch maktab etib belgilangan taʼlim muassasalari faoliyati ham vaqtinchalik toʻxtatilgan.

Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joizki, televizion darslarorqali tajribali trener oʻqituvchilar xalqaro baholash tadqiqotlariga oid maʼlumotlarni ham berib boradi.Oʻquvchilar bilan bir qatorda tayanch maktablarda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga PISA 2021 xalqaro tadqiqotlargaoid materiallar bilan tanishib, bilimlarini boyitib borish imkoniyati yaratiladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing