30 martdan O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun masofaviy ta’lim boshlanadi. Bu holatda ta’lim sifatini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
Foto: Shutterstock
Kun.uz muxbiri shu savol bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimovaga yuzlandi.
«Darhaqiqat, karantin davri ta’tillari berilishi munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va PISA bilan hamkorlikda videodarslar tayyorlanmoqda.
Bu darslarning efirga uzatilishida farzandlarining uni tomosha qilishi va o‘zlashtirishida ota-onalarning roli muhim hisoblanadi.
Ota-onalar iloji bo‘lsa, birga ko‘rishsa, farzandlarini nazorat qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi», – dedi inspeksiya vakili.
Televizion darslar o‘zbek va rus tillarida tasvirga olinmoqda.