Televizion darslar jadvali e’lon qilindi

Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 30 mart, dushanbadan e’tiboran uchta telekanalda televizion darslar namoyishini boshlaydi.

Uzdigital TV abonentlari:

  • 1-4 sinflar uchun televizion darslarni National Geography Wild kanalida,
  • 5-8 sinflar uchun Eurosport kanalida,
  • 9-11 sinflari uchun esa «Oxota va rybalka» kanalida tomosha qilishi mumkin.

Kabel televideniye va IP-televideniye abonentlarida esa televizion darslar boshqa telekanallar o‘rniga namoyish etilishi mumkin.

Shuningdek, videodarslar yer sun’iy yo‘ldoshi orqali uzoq va borish qiyin aholi punktlarida o‘rnatilgan kam quvvatli teleuzatkichlar orqali qo‘shimcha kanallar shaklida 4ta televizion kanal orqali ochiq holda bepul asosda tarqatilishi tashkillashtirildi.

Agar abonentlarda savol yoki muammolar yuzaga kelsa, ular televideniye xizmatlarini taqdim etuvchi kompaniyalarga murojaat etishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi har hafta televizion darslar efir vaqti haqidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy sayti (www.uzedu.uz) va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilib boradi.

Videodarslar internet tarmog‘idagi quyidagi manbalarda ham joylashtirib boriladi:

TAS-IX tarmog‘ida: https://mover.uz/channel/uzeduuz/

TAS-IX tarmog‘idan tashqarida:

https://youtube.com/c/O-zbekistonRespublikasiXalqtalimivazirligi

https://t.me/uzeduonlinemaktab

Ma’lumot uchun, televizion darslar100dan ortiq pedagoglar ishtirokida tasvirga olindi. Ular orasida davlat mukofoti sohiblari, darslik mualliflari, yilning eng yaxshi fan o‘qituvchilari ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

print

image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing