PEDAGOGOLAR MASOFADAN TURIB QANDAY IShLAShLARI LOZIM? (tavsiya)

Дистанционное обучение

Maktab direktori nazoratida direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

1.Barcha sinf rahbarlari maktab AKT o‘qituvchisi nazoratida sinf o‘quvchilari(ota-onalari) va shu sinfga dars beradigan barcha fan o‘qituvchilari uchun “Telegram” guruhini tashkil (ochadi) qiladi.

Masalan: Maktabda 25 ta sinf bo‘lsa 25 ta “Telegram” guruhini ochadi. Bu guruhlarga maktab direktori, O‘TIBD o‘rinbosarlari va AKTga mas’ul o‘qituvchini ham a’zo (kiritadi) qilinadi. Gruppalarni nomlaganda yilning nomlanishidan kelib chiqib “5-maktab 7-A sinf “Ibn Sino” gruppasi” yoki 5-maktab 8-B sinf “Al-Xorazmiy” gruppasi deb nomlash o‘quvchilarda ma’rifatli bo‘lib ulg‘ayishlarida, o‘z ajdodlari ilmu-zakovati bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Gruppaga TELEVIZION DARSLAR VAQTI JADVALINI va TEST bo‘ladigan vaqt oldindan tashlanadi.

2.Sinf rahbarlari va fan o‘qituvchilari TELEVIZION DARSlar asosida o‘quvchilar davomatini nazorat qilib boradi. Unda, TELEVIZION DARSLAR tugagandan so‘ng sinf rahbari va fan o‘qituvchilari har bir o‘quvchining darsda qatnashganligi hamda o‘quvchining mavzuni o‘zlashtirishi (tushungan yoki tushunmagani) bo‘yicha yozma ravishda savol-javoblar olib boradi va o‘quvchilarni kunlik (joriy) baholaydi.

Buning uchun test yaratuvchi elektron programmadan foydalanish qulay. Bunda o‘quvchi o‘z FISh yozish orqali ishtirok etadi va avtomatik baholanadi. Shu o‘rinda olingan baholardan sinf o‘quvchilari reytingi ham kelib chiqadi.

3.O‘quv rejadagi barcha fanlardan o‘quvchilarni joriy baholash bilan birgalikda oraliq nazoratlari orqali baholab boriladi. Bunda 5-10 talik test yoki yozma nazorat ishlari o‘tkaziladi. Agar haftada 3-5 soatlik dars mashg‘ulotlari uchun haftada 1 marta, 1-2 soatlik dars mashg‘ulotlari uchun esa ikki haftada 1 marta nazorat ishlarini olish tavsiya etiladi.

4.O‘quv fanlaridan nazorat ishlari uchun 5-10 talik testlar internet ishlashini hisobga olib, juda sodda dasturlar orqali ishlansa yanada samaradorlik ortadi.

Masalan ota-onalari ishda bo‘ladigan o‘quvchilar uchun ishdan keyingi vaqt soat 18:00-19:00 vaqti qulay hisoblanadi. Test soat 18:00da boshlansa elektron dasturni 10 ta testga 20 daqiqaga mo‘ljallab tuzilsa 18:20da javoblari skrinshot qilish orqali gruppaga tashlanadi. Sinf o‘quvchilar ro‘yxatida o‘quvchining olgan bahosi qayd etiladi va sinf haftalik reytingi shakllanadi.

5.Sinf jurnallari sinf rahbarlari tomonidan yuritiladi va saqlanadi. O‘quvchilarni kunlik (joriy) va nazorat baholari uchun har bir fan o‘qituvchilari tomonidan alohida daftar jurnali yuritilib, baholar qayd etib boriladi.

6.O‘quvchilarda aniqlangan bo‘shliqlar ustida fan o‘qituvchilari qo‘shimcha ma’lumotlarni sinf gruppasiga tashlash orqali to‘ldirib boradi.

Har hafta yakunida fan o‘qituvchilari sinf o‘quvchilarini olgan joriy va nazorat baholarini sinf rahbariga masofadan(onlayn) yetkazadi. Sinf rahbarlari o‘quvchilar olgan baholarni sinf jurnaliga qayd qilib boradi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing