«Maktablarda o‘quv yili o‘z vaqtida yakunlanadi» – Shermatov

Maktablarda o‘quv yili har doimgidek 25 may kuni yakunlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quv yili muddatidan avval yakunlanishi haqidagi xabarlar asossiz.

Фото: KUN.UZ

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilda maktablarda o‘quv yili qanday shaklda yakunlanishi haqida ma’lumot berdi.

“O‘quv yili har doimgidek 25 mayda yakunlanadi. Darslar 10 may sanasida tugashi, shu sanadan boshlab o‘qituvchilar mehnat ta’tiliga chiqishi haqidagi gap-so‘zlar asossiz.

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga asosan xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarda 2019-2020 o‘quv yili onlayn maktab loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi.

Imtihonlarga kelsak, Respublika komissiyasi, Xalq ta’limi vazirligi va tegishli davlat tashkilotlari tomonidan 5-11-sinf o‘quvchilari uchun bosqichli nazorat va yakuniy davlat imtihonlarini o‘tkazish yo‘llari yoki bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilyapti. Aniq axborot rasman taqdim etiladi.

Har qanday holatda ham o‘quvchilar imtihon uchun emas, o‘zlari uchun o‘qishlarini va onlayn maktab darslarini kuzatib borishlarini tavsiya qilgan bo‘lardim”, deya Sherzod Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing