“Farzandim bilan dars qilaman” onlayn tanlovi gʻoliblari


“Online-maktab” dasturi doirasida Respublika taʼlim markazi tomonidan eʼlon qilingan “Farzandim bilan dars qilaman” onlayn tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi.

Tanlovga qisqa muddatda, yaʼni 2020-yil 31-martdan 5-aprelga qadar 7122 ta videolavha kelib tushganligi ota-onalar tomonidan farzandlarining sifatli taʼlim olishlariga qiziqishlari katta ekanligini koʻrsatdi.

Videolavhalarning belgilangan mezonlarga mosligi ekspertlar tomonidan oʻrganib chiqilib, 1-6-sinf va 7-11-sinf mavzulari boʻyicha II ta yoʻnalishda 20 tadan jami 40 ta eng sara videolavhalar tanlab olinib, gʻoliblarni aniqlash keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etildi.

Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi Maslahat.uz guruhiga joylashtirilgan 40 ta videolavhaga ovoz berish jarayoni 2 kun davom etdi va II ta yoʻnalish boʻyicha 8 tadan jami 16 nafar eng koʻp “like” toʻplagan videolavhalar mualliflari gʻolib deb topilib, ularning bank plastik hisob raqamlariga tanlov shartlarida eʼlon qilingan pul mukofotlari oʻtkazib berildi hamda sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Demak, quyida keng jamoatchilik tomonidan tomonidan aniqlangan “Farzandim bilan dars qilaman” onlayn tanlovi gʻoliblari bilan tanishing:

1-yoʻnalish (1-6-sinflar mavzulari) boʻyicha

T/r Ishtirokchining F.I.O.HududiMashgʻulot olib borgan faniSinf Toʻplagan “like”lari soniEgallagan oʻrni / nominatsiyasi Pul mukofoti (soʻm)
1Dexkanbayeva Kamila BaxadirovnaToshkent shahriMatematika312912 000 000
2Xudoyorov Oʻktam Qodirxonovich Fargʻona viloyatiMatematika311021 500 000
3Babajanov Daniyar RashidovichToshkent viloyatiMatematika57431 000 000
4Korneva TatyanaOlegovnaSamarqand viloyatiMatematika465“Eng kreativ ona”500 000
5Qosimova Muattar XayrullayevnaToshkent shaharOna tili659“Eng pozitiv ona”500 000
6Xadjimetova Dilnoza RaximovnaToshkent shaharFizika648“Eng kompetent ona”500 000
7Musayev Abdulatif Shopoʻlatovich Qashqadaryo viloyatiMatematika147“Eng jonkuyar ota”500 000
8Yaminova Nilufar FaxriddinovnaToshkent shaharTexnologiya442“Eng isteʼdodli ona”500 000

2-yoʻnalish (7-11-sinflar mavzulari) boʻyicha

T/r Ishtirokchining F.I.O.HududiMashgʻulot olib borgan faniSinf Toʻplangan “like”lar soniEgallagan oʻrni / nominatsiyasi Pul mukofoti (soʻm)
1Tursunov Baxtiyorjon Muxammadjon oʻgʻliAndijon viloyatiMatematika713312 000 000
2Botirov Baxriddin BaxodirovichAndijon viloyatiInformatika87321 500 000
3Bakiyeva Surayyo NematovnaAndijon viloyatiRus tili85931 000 000
4Toxirova Gulzina TurdaliyevnaToshkent viloyatiAdabiyot1152“Eng maʼrifatli ona”500 000
5Rustamov Ixtiyor AkramovichJizzax viloyatiRus tili748“Eng jonkuyar ota”500 000
6Abduraxmonov Aʼzam AbdulxayevichToshkent shaharFizika1016“Eng masʼuliyatli ota”500 000
7Sultonov Aʼzamjon YusupjonovichNamangan shaharGeografiya813“Eng ziyoli ota”500 000
8Gʻoziyeva Vasilaxon Turgʻunboyevana Fargʻona viloyatiBiologiya711“Eng sergʻayrat ona”500 000
print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing