ENDILIKDА АHOLINING UY-JOY SHАROITLАRI YAXSHILАNАDI VА IPOTEKА KREDITLАRI YANАDА KENGАYTIRILАDI!

Названы регионы, где больше всех должников по ипотеке | Новые Известия

Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, xususiy pudrat tashkilotlarini uy-joylar qurilishiga keng jalb qilish hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi PF-5886-son Farmoniga muvofiq:
bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi joriy qilindi.
Bunda xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan oʼz mablagʼlari va tijorat banklarining kreditlari hisobiga qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat etiladi.
2020 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 yanvarga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat beriladi.
Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng koʼp miqdorlari yaʼni;
qishloq joylarida 2 xonali kvartiralar uchun 174 mln soʼmdan 240 mln soʼmgacha, 3 va undan koʼp xonali kvartiralar uchun 224 mln soʼmdan 320 mln soʼmgacha;
shaharlarda 2 xonali kvartiralar uchun 180 mln soʼmdan 240 mln soʼmgacha, 3 va undan koʼp xonali kvartiralar uchun 232 mln soʼmdan 320 mln soʼmgacha;
Toshkent shahrida 2 xonali kvartiralar uchun 198 mln soʼmdan 264 mln soʼmgacha, 3 va undan koʼp xonali kvartiralar uchun 255 mln soʼmdan 352 mln soʼmgacha oshiriladi.
Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.
Tijorat banklari bir oy muddatda yangi tartib doirasida jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirsin hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli oʼzgartirishlar kiritadi.
Аndijon, Namangan va Fargʼona viloyatlarida tajriba tariqasida Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tijorat banklariga ajratgan kredit resurslari hisobidan mazkur qaror qabul qilingunga qadar jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va qayta qurish uchun kreditlar ajratishga ruxsat beriladi.
Bunda, kreditlar jismoniy shaxslarga:
qurilayotgan (qayta qurilayotgan) yakka tartibdagi uy-joy joylashgan joyi boʼyicha eng koʼp miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari qiymatining 10 foizidan kam boʼlmagan miqdorida 20 yil muddatga ajratiladi;
belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha asosida xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari boʼyicha toʼlovlarni ularning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz shaklda amalga oshirish orqali beriladi.

Yuqorichirchiq tuman adliya boʼlimi bosh maslahatchisi

Rahmatullaev Аkmalbek Ikromovich


print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing