2020-2021 o’quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2ta mutaxassislik fanlaridan o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Kirish imtihonlari uchun 2ta fan qoldirilishi rejalashtirilmoqda – DTM

Davlat test markazi rasmiy saytida 2020-2021 o’quv yili kirish imtihonlari uchun kutilayotgan yangi tartib haqida ma’lumot berildi.

DTM abituriyentlarning karantin cheklovlari sharoitida kirish imtihonlariga ko’ngildagidek tayyorgarlik ko’ra olmaganini inobatga olib, ularni test imtihoni uchun yopiq zallarda ko’p ushlab qolmaslik maqsadida testlar qisqartirilishi bo’yicha takliflar tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishlab chiqilganini ma’lum qilmoqda.

«2020-2021-o’quv yili uchun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2ta mutaxassislik fanlaridan o’tkazilishi rejalashtirilmoqda. 2ta mutaxassislik fanlari 2019 yil dekabr’ oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, jamoatchilikka e’lon qilingan edi», deyiladi xabarda.

DTM matbuot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning qo’shimcha qilishicha, 2020-2021 o’quv yili uchun kirish imtihonlarida faqat 2ta majburiy fandan imtihon olinishiga oid takliflar ayni paytda Qabul komissiyasiga kiritilgan va tasdiqlanishi bilanoq abituriyentlar xabardor qilinadi. Bu istisno faqat 2020-2021 o’quv yili uchun tegishli. Keyingi yillar uchun 5ta fandan imtihon olish tartibida o’zgarishlar bo’lmaydi.

Bundan tashqari, Davlat test markazi infeksiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda abituriyentlarning 1000 o’rinlik binolarda 3-4 soat qolib ketishiga yo’l qo’yib bo’lmasligini alohida ta’kidlamoqda.

«Mazkur o’quv yilida test sinovlari o’tkaziladigan binolarda ko’pi bilan 700tagacha o’rin tayyorlanadi. Har bir abituriyent uchun kamida 3 kvadrat metrdan joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ular imtihonda niqob, qo’lqop bilan ishtirok etishi ta’minlanadi.

Abituriyentning tana harorati o’lchangach, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marta dezinfeksiya qilinadi. Bular test topshiruvchilar, guruh nazoratchilari va jarayonga jalb etilgan boshqa shaxslarning salomatligini himoyalash maqsadida amalga oshiriladi», deyiladi DTM xabarida. 

Eslatib o’tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 30 aprel’ kuni joriy o’quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilishda bu yil kirish imtihonlarini soddaroq shaklda o’tkazish bo’yicha ko’rsatma bergan edi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing