Bog‘chalar va o‘quv markazlari yopiqligicha qoladi

Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 maydagi ayrim hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ta’lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad — bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

Infeksiya xavfi bartaraf bo‘lgach, ta’lim muassasalariga ham ruxsat beriladi va bu haqda qo‘shimcha xabar qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holati tasdiqlangan ilk kunda – 15 martda O‘zbekistondagi barcha bog‘chalar koronavirus tufayli karantinga olinishi ma’lum qilingandi.

Bog‘chalar vaqtincha ishlamaydi. Ishlovchi ota-onalar qanday yo‘l tutadi?

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 14 maydagi qarori bilan O‘zbekistonda amaldagi karantin talablari 2020 yil 1 iyunga qadar uzaytirilgan. «Yashil» hududlarda ochiq sun’iy qoplamali sport o‘yingohlari kompyuter va poligrafiya xizmatlari, muzeylar faoliyatiga ruxsat berilgan.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing