Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman XTB mudiri Gulistan Aytekovaning bitiruvchi o’quvchilar va ustozlarga tabrigi

Mana bugun 25 may Soat 08:00 da 2020 yilgi oʼquv yili ham yakunlandi.
Yuqori Chirchiq tumani Xalq taʼlimi boʼlimi mudiri v.v.b. Guliston Аytekova soʼnggi qoʼngʼiroqni chalib, safdoshlari va oʼquvchilarga joriy oʼquv yili yakunlanganini eʼlon qildi.

Аssalomu alaykum, biz bilan doimo birga, hamnafas va hamfikr, hamjihat va hamkor hamkasblar, aziz oʼquvchilar, qalblarda hayajon bilan mehribon maktab bagʼridan ketayotgan bitiruvchilar hamda qadrli ota-onalar!

Аziz oʼquvchilarim!

Bugungi soʼnggi qoʼngʼiroq sababchilari, bitiruvchilarni, Yuqori Chirchiq tuman Xalq taʼlimi boʼlimi hamda shaxsan oʼz nomimdan, mustaqil hayotga yoʼl olishlari bilan samimiy muborakbod etaman, bugungi yosh avlodni mana shunday ezgu ruhda tarbiyalash uchun taʼlim tizimida ishlayotgan tashabbuskor, ijodkor ustozlarimiz va murabbiylarimizga ham taʼzim qilaman!

Muhtaram yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek: “Biz uchun bolalarimizning maʼnaviyati, bilimi, sogʼligi eng muhim masala”.

Yuqori Chirchiq tuman hokimligi Аxborot xizmati

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing