11 iyul kuni mental arifmetika bo‘yicha onlayn jahon chempionati o‘tkaziladi

Mental arifmetika bo‘yicha xalqaro turnirda dunyoning 85 davlatidan 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, jumladan O‘zbekistondagi barcha mental arifmetika markazlari o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

UCMAS Mental arifmetika Akademiyasi barcha o‘quvchilarni ilk marotaba onlayn tarzda o‘tkaziladigan jahon chempionatiga taklif qiladi.

Bugungi kunda jahonning 85ta davlatida UCMAS Mental arifmetika akademiyasining o‘quv markazlari faoliyat olib boradi. Dunyo bo‘yicha 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan jami 7 milliondan ortiq o‘quvchilari mavjud. Akademiya 24 yildan buyon xalqaro jahon chempionatini o‘tkazib keladi. 2019 yilgi jahon chempionati Kambodja poytaxtida bo‘lib o‘tdi va bu musobaqada 85 davlatdan jami 5000 nafar o‘quvchi 10ta daraja bo‘yicha ishtirok etdi.

Kambodjadagi chempionatda O‘zbekistondan 13 nafar o‘quvchi qatnashib, ularning barchasi sovrinli o‘rinlarni, 4 oltin, 5 kumush va 4 bronza medallarni olib, jamoaviy hisobda kuchli 10talikka kirgan. O‘zbekiston jamoasi umumiy sovrinlar soni bo‘yicha Yevropa, Amerika va Afrika mamlakatlarini ortda qoldirgan.

2020 yildagi jahon chempionati Hindistonning Mumbay shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo dunyoda yuz berayotgan koronavirus pandemiyasi sababli xalqaro musobaqa qoldirilishi ehtimoli katta. Shu sababli, UCMAS Mental arifmetika Akademiyasi tarixida birinchi marta xalqaro musobaqa onlayn tarzida o‘tkaziladi.

UCMAS ONLINE OPEN CHALLENGE xalqaro musobaqa tashkilotchisi, Akademiyaning Malayziyadagi Bosh markazi – barcha mental arifmetika maktablari o‘quvchilarini chempionatga chorlaydi.

Musobaqada 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishi mumkin.

«Yusimas» va boshqa mental arifmetika maktablari o‘quvchilari yuqorida ko‘rsatilgan yosh toifalariga ajratiladi. Barcha toifalar uchun 100ta misol beriladi va vazifani bajarish uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi. Bu safargi musobaqada faqat qo‘shish va ayirish misollari beriladi (avvalgi musobaqalarda 200ta misol; 8 daqiqa vaqt; qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallari bajarilar edi).

Barcha ishtirokchilar musobaqada qatnashganliklari to‘g‘risida elektron sertifikat oladi. Sertifikatlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida ko‘rsatilgan elektron pochtaga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasida «Yusimas» o‘quv markazlari Toshkent, Buxoro va Chirchiq shaharlarida joylashgan. G‘oliblik vaucheriga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur o‘quv markazlarida tahsil olishlari mumkin. Vaucherlar boshqa shaxslarga berilishi yoki o‘rniga pul talab qilinishi mumkin emas. Vaucherda ko‘rsatilgan talab va muddatiga rioya qilinishi kerak bo‘ladi.Ro‘yxatdan o‘tish tartibi:

a) ucmaschallenge.com manzili orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tish muddati 30 iyun 2020 yilgacha.

b) Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng 9 dollar miqdorida badal to‘lovini amalga oshirishingiz kerak. To‘lovni ucmaschallenge.com manzilida PAYPAL to‘lov tizimi yoki plastik karta orqali Malayziyadagi Bosh markazga o‘tkazasiz.

Agar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida muammolarga duch kelsangiz quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:
+998 93 5197125 +998974559745 (soat 10.00 dan 17.00 ga qadar)

+998951460882 (telegram orqali bog‘lanish uchun)

ucmasuzb@gmail.com (ma’lumotlarni yuborish uchun)

Ushbu havoladagi telegram kanal orqali barcha savollarga javob topish mumkin.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing