Kirish imtihonlari uchun 64ta bino tanlab olindi, ularning qaysi hududdaligi tez orada ma’lum qilinadi – Behzod Musayev

Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan binolarda ijtimoiy masofa saqlash uchun abituriyentlar soni qisqartiriladi. Imtihonning har bir smenasida 25 ming nafar abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.  

Bugun, 4 iyun kuni 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonini tashkil etish yuzasidan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan brifingda bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev tomonidan joriy yilgi qabul yangiliklari haqida ma’lumot berildi. 

«2020-2021 o‘quv yili kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun respublika bo‘ylab 64 ta bino tanlab olindi. Bu binolarning qaysi hududlarda joylashgani 5 kun ichida ommaga ma’lum qilinadi», – deya qayd etdi Behzod Musayev. 

Behzod Musayevning ta’kidlashicha, Binolarda ijtimoiy masofa saqlash uchun abituriyentlar soni qisqartiriladi. Imtihonning har bir smenasida 25 ming nafar abituriyent ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.  Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarda sanitariya qoidalariga rioya qilish choralari ham ishlab chiqiladi. 

«Abituriyentlar kirish imtihoni o‘tkaziladigan binoga tibbiy niqob va rezina qo‘lqopda, haroratlari o‘lchangan holda kiritiladi. Har bir abituriyentga kamida 3 metr joy ajratiladi. Binolar har bir smenadan so‘ng dezinfeksiya qilib boriladi», – dedi Behzod Musayev brifingda.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing