Bolaga maktabda ko‘rsatilayotgan munosabat undagi tadbirkorlikni so‘ndirmoqda – vazir

O‘zbekiston maktablaridagi tizim bolalardagi tadbirkorlik hissi so‘nishiga sabab bo‘lmoqda, deb hisoblaydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

Foto: Xalqaro press-klub

«Bugun tadbirkorlikni rivojlantirish haqida gapiryapmiz. Bizda azaldan maktab faoliyati bolalarda tadbirkorlikni so‘ndirishga qaratilgan. Faqat «jim o‘tir», «harakat qilma»… Xato qilishga qo‘rqasan…

Tadbirkor bo‘lish uchun xato qilishdan qo‘rqmaslik kerak, o‘ziga ishonch ortishi kerak», – dedi Shermatov Xalqaro press-klubning 7 iyun kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan sessiyasida.

Vazir ayni shu jihatni ham hisobga olgan holda tarbiya fani maktab dasturiga kiritilayotganini ta’kidladi.

«Bu fanda o‘quvchida mustaqil xarakterni tarbiyalash masalasi qo‘yiladi. Bolalarning o‘zida ishonch paydo bo‘lishi, xato qilishdan qo‘rqmasligiga harakat qilinadi, tadbirkorlik qilish masalalari o‘rgatiladi.

O‘ylaymanki, bu bilan bir qatorda chet tilini yaxshi o‘qitganimizdan keyin bolalardan tadbirkorlar chiqadi», – deya Sherzod Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing