Kasb-hunar maktablarida qanday kasblar oʻrgatiladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yana-da takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentyabrdagi Farmoniga muvofiq, 2020-2021 yangi oʻquv yilidan boshlab xalqaro klassifikatorga mos keluvchi taʼlim dasturlari boʻyicha kasb oʻrgatadigan 339 ta kasb-hunar maktablari, 211 ta kollej hamda 176 ta texnikumlar tashkil etilishi belgilangan.

Xususan, 2020-2021 oʻquv yilida 188 ta tuman (shahar)larda 339 ta (shundan 4 tasi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan) kasb-hunar maktablari tashkil etiladi.

Shu maqsadda, kasb-hunar maktablarida 14 ta soha yoʻnalishidagi kasblar boʻyicha (davlat granti asosida) 68600 nafar (14%), shuningdek, respublikamizdagi 65 ta akademik litseylarga esa 16 042 nafar (3,3%) 9-sinf oʻquvchilarini, yaʼni jami bitiruvchilarning 17,3%ini qamrab olish rejalashtirilgan.

Buning uchun 2020-yilning 1-iyuliga qadar qabul kvotalari doirasida Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari tomonidan taqdim etiladigan roʻyxat asosida va qolgan boʻsh oʻrinlarga oʻqish istagidagi boshqa 9-sinf bitiruvchilari (birinchi navbatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalar farzandlari) roʻyxati shakllantiriladi.

Kasb-hunar maktablari 2020-2021 oʻquv yilidan yangidan tashkil etilayotganligi sababli qabul qilish tartibi toʻgʻrisida 9-sinf bitiruvchilari va ularning ota-onalariga qoʻshimcha maʼlumot berib boriladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing