Mahallalarda ijtimoiy nafaqani olish tartibi soddalashtirildi

Hujjat Prezidentning 2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan, unda oilalarning ijtimoiy nafaqa olishga muhtojligini baholash tartib-taomillarini soddalashtirish, shu jumladan quyidagilar topshirilgan edi:
ijtimoiy nafaqa olish uchun ariza bilan birga taqdim etiladigan hujjatlarni kamaytirish;
alohida transfertlarni oilaning jami daromadlaridan chiqarib tashlash.
hukumat tomonidan buning uchun quyidagi choralar qabul qilindi:
birinchidan, unda fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlari bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʼyicha nafaqa va moddiy yordam tayinlaydigan oilaning har bir aʼzosining oʼrtacha oylik jami daromadi miqdori tuzatildi. Endi u oʼrtacha oylik MHEKMning 52,7 foizidan koʼp boʼlmasligi kerak (murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi 3 oy uchun). Ilgari – oʼrtacha oylik EKIHning 1,5 karrasidan koʼp emas.
ikkinchidan, endi bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi boʼyicha nafaqa va moddiy yordam olish uchun bir oila tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:
ular bilan birgalikda yashaydigan bolalarning bobolari va buvilari;
bolalarning ota-onalari (farzandlikka oluvchilar) bilan birgalikda xoʼjalik yurituvchi boshqa shaxslar;
uchinchidan, oʼrtacha oylik jami daromad qiymatini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan oilaning jami daromadiga, oila aʼzolari tomonidan olingan quyidagi daromadlar kiritilmaydi:
nogironligi boʼyicha nafaqa;
boquvchisini yoʼqotganlik pensiyasi va nafaqasi (har bir boqimandaga);
bolalikdan nogiron boʼlgan 16 yoshdan katta shaxslarga nafaqa;
16 yoshgacha boʼlgan nogiron bolalar va 18 yoshga toʼlmagan OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa;
Pensiya jamgʼarmasi orqali beriladigan bola tugʼilganligi hamda dafn etish marosimi uchun bir yoʼla toʼlanadigan nafaqa;
toʼrtinchidan, agar oilaning mehnatga layoqatli har bir aʼzosining oʼrtacha oylik daromadlari toʼgʼrisida taqdim etilgan maʼlumotlarda daromad summasi koʼrsatilmagan boʼlsa yoki normativdan past koʼrsatilgan boʼlsa oilaning oʼrtacha oylik jami daromadini hisoblash qoidasi tuzatildi. Endi ushbu normativ MHEKMning 87,9 foiziga teng (ilgari – 2,5 EKIH) va daromadni normativdan past koʼrsatgan yoki daromadi mavjudligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni xabar qilmagan har bir oila aʼzosi uchun hisob-kitobda aynan u qabul qilinadi.
Bundan tashqari, ularga ushbu qoida tatbiq etilmaydigan shaxslar toifasi roʼyxati kengaytirildi. Roʼyxatga quyidagilar qoʼshildi:
nafaqa oluvchilar – pensiya tayinlash uchun zarur boʼlgan ish stajiga ega boʼlmagan qariyalar va mehnatga layoqatsizlik yuzasidan nafaqa oluvchi fuqarolar, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslarning onalari, bolalikdan nogironligi mavjud shaxslar, OIV infektsiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek, I yoki II guruh nogironligi mavjud shaxslar;
oʼzganing parvarishiga muhtoj boʼlgan oila aʼzosini parvarish qilayotganlar;
tuman (shahar) aholi bandlikka koʼmaklashish markaziga ish qidiruvchi sifatida rasmiy murojaat qilgan fuqarolar (ilgari roʼyxatda faqat ishsiz sifatida roʼyxatga olingan fuqarolar mavjud boʼlgan);
beshinchidan, MHEKM joriy etilishi munosabati bilan Oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xoʼjaligi yuritishdan oladigan normativ daromadini hisoblash metodikasiga ham tuzatishlar kiritildi;
oltinchidan, Oʼzgalar parvarishiga muhtoj boʼlgan yolgʼiz keksalar va nogironlarni bepul taʼminlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiena tovarlarining roʼyxati kengaytirildi. Endi muhtoj boʼlganlarning ushbu toifasi boshqalar qatori, quyidagilarni ham oladilar:
bir marta ishlatiladigan steril niqob;
bir marta ishlatiladigan steril qoʼlqoplar;
suyuq yoki gelь holidagi antiseptik;
antibakterial sovun.
Hujjat 21.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Yuqori Chirchiq tuman adliya boʼlimi bosh maslahatchisi 2-darajali yurist
А.I.Rahmatullaev

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing