Oʼqituvchi yoki boshqа xodimlаrni mаjburiy mehnаtgа jаlb qilish holаtlаri hаli hаm uchrаb turibdi. Endi boshqаchа yoʼl tutilаdi…

«Аtaylab qilasizmi, bilmasdan qilib qoʼyasizmi, farqi yoʼq» – Norboeva majburiy mehnatga yoʼl qoʼyish oqibatlari haqida ogohlantirdi.

Oliy Majlis Senati raisi, Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi raisi Tanzila Norboeva majburiy mehnat holatlarining yuzaga kelishi qanday sabablar bilan bogʼliqligini izohladi.

«Bularning hammasi oldingi davrdan qolib ketgan ishlar. Ilgari obodonlashtirish ishlariga davlat tomonidan mablagʼ ajratilmasdi. Daraxt ekish, daraxt oqlash, koʼchalarni tozalash uchun pul berilmasdi. Hozir buning uchun jamoatchilik fondi tashkil etilgan.

Lekin baribir oʼqituvchi, tibbiyot yoki boshqa xodimlar olib chiqilyapti.

Chunki jamoatchilikning ishsiz vakillarini ishga taklif qilish uchun yurish kerak, mahalladan aniqlash kerak. Bu esa mehnatni talab qiladi, shu mehnatdan qochib, tayyor, «xoʼp boʼladi» deydigan xodimlarga koʼcha supurtirishga oʼrganib qolishgan. Bundan mutlaqo voz kechish kerak.

Biz hozir qonunlar ustuvorligi zamonasida yashayapmiz. Pul berilmayotgan boʼlsa ham mayli edi, hozir davlat rahbari pul beryapti, jamgʼarma doimiy ravishda davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilyapti. Hozir mablagʼ, sharoit nuqtayi nazardan muammo yoʼq, faqatgina tashkillashtirish kerak xolos», dedi Tanzila Norboeva Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyaning navbatdagi majlisida.

Аtaylab qilasizmi, bilmasdan qilib qoʼyasizmi, bu borada qaysi sektor rahbari qonun buzilishiga qoʼl uradigan boʼlsa, biz uni egallab turgan lavozimiga loyiq emas, deb masalani davlat rahbariga kiritamiz. Bundan keyin bunaqasi ketmaydi», deydi Tanzila Norboeva

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing