50 foizdan ko‘p o‘quvchisi OTMga kirgan maktab direktori XTV tomonidan himoyalanadi. Vazirlik bilan kelishmasdan hech kim ularni lavozimidan bo‘shata olmaydi

Yuqori natija ko‘rsatgan umumta’lim maktablari direktorlari va ularning o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Xalq ta’limi vazirining “Umumta’lim maktablarining o‘rnak ko‘rsatgan rahbar xodimlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Buyruq bilan umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan, bitiruvchilarning kamida 50 foizi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan umumta’lim maktablari direktori, direktorning o‘quv ishlari va ixtisoslashgan fanlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining daxlsizligini ta’minlash va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tegishli choralar belgilandi. 

Jumladan, yuqori natijalarga erishgan maktablarning direktorlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilib, maktab direktorining o‘quv ishlari va ixtisoslashgan fanlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi (Mehnat kodeksining 106-moddasiga asosan mehnat shartnomasining bekor qilinishi bundan mustasno).

Bundan tashqari, umumta’lim maktablari rahbar xodimlari vazirlikning tegishli tarmoq mukofotlari bilan taqdirlanadi hamda ularning nomzodi kelgusida yuqori rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olinadi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing