Oʼzbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatiladi

Shu yilning 21-iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – Halqasimon Quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilish to‘liq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi.


21 iyun kuni Oʼzbekistonda qisman quyosh tutilishi kuzatilishi mumkin. Mazkur astronomik hodisa Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi.
16 iyun 2020, 17:07 Jamiyat
21 iyun kuni Oʼzbekistonning barcha hududlarida qisman quyosh tutilishini kuzatish mumkin boʼladi, deya xabar berdi Mirzo Ulugʼbek nomidagi Аstronomiya instituti.

Unga koʼra, yer yuzi aholisi mazkur astronomik hodisani kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilish toʼliq shakldagi halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning toʼliq fazasida quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi toʼliq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng boʼlishi maʼlum qilindi.

Ushbu astronomik hodisa Аfrika, Аrabiston yarim oroli, Yevroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Аvstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatish mumkin.

Bular ichida (Kongo Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Аfrika Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Efiopiya, Saudiya Аrabistoni, Eriteria, Yaman, Ummon, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Tayvan) 14 ta davlat aholisi toʼliq shakildagi halqasimon quyosh tutilishini kuzatish imkoniga egalar.

Oʼzbekiston barcha hududida qisman quyosh tutilishi kuzatiladi. Quyosh tutilishi eng katta qiymatiga erishgan vaqtida mamlakatning shimoli-gʼarbiy hududlarida yaʼni, Qoraqalpogʼiston hamda Xorazm viloyatida quyosh yuzasining 39% dan 50% gacha boʼlgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Аndijon, Namangan va Fargʼona viloyatlarida esa quyosh yuzasining 58% gacha boʼlgan qismi oy tomonidan toʼsiladi. Mamlakatning eng janubiy hududi — Termiz shahrida esa bu qiymat 63% gacha yetadi.

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 10:01 da boshlanadi, maksimum fazasi esa 11:24 da kuzatiladi. Shu paytda oy quyosh yuzasining 51% ini toʼsadi va bu vaqtda quyoshning gorizontdan balandligi 68° ni tashkil qiladi. Toshkent shahrida Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 49 daqiqani tashkil etadi. Soat 12:51 da quyosh tutilishi yakuniga yetadi.

Maʼlumot uchun, halqasimon quyosh tutilishi deb quyosh yuzasining markazi oy tomonidan toʼsilganida soya atrofida inhgichka yorugʼ halqa hosil boʼlishiga aytiladi. Quyosh tutilishining halqasimon boʼlishi oy va yer orasidagi masofaning odatdagiga nisbatan kattaroq boʼlishi bilan izohlanadi. Oy yerga qanchalik yaqin paytda tutilish boʼlsa quyoshning shunchalik katta qismi toʼsiladi.

Tutilish kattaligi (magnitudasi) — bu oʼlcham bilrligiga ega boʼlmagan kattalik boʼlib, u toʼsilayotgan jism diski diametrining qancha qismi toʼsuvchi jism tarafidan qoplaganligini ifodalaydi. Tutilish kattaligi qiymati 0.0 dan 1.0 oraligʼida oʼzgaradi va uning qiymatiga qarab tutilishi asosiy uchta qisman, halqasimon va toʼliq tutilish turlariga boʼlinishi tushuntirib oʼtadi olimlar.

Shu oʼrinda institut ayrim koʼrsatmalar va maslahatlar berib oʼtdi. Quyosh tutilishini maxsus quyosh nurini yutuvchi qora koʼzoynak, qoramtir tekis shisha yoki payvandlash maskasi yordamida kuzatish mumkin.

Optik qurilmalar — durbin yoki teleskopdan foydalanib zinhor quyoshga qaramaslikka institut olimlari chaqirdi. Bu koʼzga zarar yetkazadi. Qurilmalardan foydalanishdan avval ularga albatta maxsus quyosh filtrlarini oʼrnatish kerak, deya taʼkidlashadi

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing