Senat Raisi ota-onalarga murojaat qildi

Barchamiz – onamiz, otamiz va oʼz farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasi uchun masʼulmiz. Lekin tan olib aytishimiz kerak, bugungi oʼquvchi ham, ota-onalar ham kechagi emas.

Qoʼpol eshitilgani bilan aslida teran ahloqiy maʼnoga ega boʼlgan “Eti sizniki, suyagi bizniki”, degan gaplarga, afsuski, eskilik sarqiti sifatida qaralmoqda. Maktablarda erkak oʼqituvchilarning kamayib ketgani ham katta muammo, aslida.

Farzandining arzimagan shikoyati uchun maktabga yugurib kelib oʼqituvchiga “tashlanish”dan koʼpchilik ota-onalar uyalmay qoʼydi.

Bu esa jamiyatda oʼqituvchi maqomining obroʼsizlanishiga olib kelmoqda.

Hurmatli ota-onalarga murojaat qilmoqchiman: farzandim hayotda oʼz oʼrnini topishda qiynalmasin, mustaqil fikrli, mulohazali inson boʼlib voyaga yetsin desangiz bolangiz qalbida oʼqituvchiga ehtirom hissini tarbiyalang va oʼzingiz ham ustozlarni eʼzozlang.

Oʼqituvchi oʼquvchi yoki uning ota-onasi tomonidan oyoqosti qilinadigan odam emas, balki ziyo tarqatuvchi inson, kerak boʼlsa hammadan bir pogʼona yuqori turuvchi shaxsdir.

Аlbatta, qonunda javobgarlik belgilab qoʼyish bilan bu kabi muammolar oʼz-oʼzidan hal boʼlib qolmaydi. Bu ijtimoiy ong darajasiga yetishi, umummilliy harakatga aylanishi kerak.

Tanzila NАRBАEVА, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing