Endi o’quvchilar bilimi nisbatan emas, aniq mezonlar asosida baholanadi

Bugun «Umumiy oʼrta taʼlimning milliy oʼquv dasturining baholash komponenti» mavzusidagi onlayn oʼquv seminari yakunlandi.

Xalqaro ekspert Metyu Goldi-Skott trenerligida 7 kun davom etgan seminarda qatnashgan mutaxassislar oʼquvchilar natijalarini baholash boʼyicha malaka oshirishdi.

Seminarning soʼngi kunida Milliy oʼquv dasturining baholash komponentini ishlab chiqish boʼyicha kelgusi qadamlar belgilab olindi.

Unga koʼra, endilikda Respublika boʼyicha barcha maktablarda oʼquvchilar bilimi sinfga nisbatan faollik darajasiga qarab emas, aniq belgilab qoʼyilgan bir xil mezonlar asosida baholanadi.

Taklif etilayotgan yangi baholash tizimi joriy yilning avgust oyi yakuniga qadar ishlab chiqiladi va 2020-2021 oʼquv yilining I-III choragida xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari hamda tegishli oliy taʼlim muassasalarida ekspertizadan oʼtkaziladi.

Seminarning yakunida YuNISEFning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi taʼlim sektori rahbari Dipa Shankar, Respublika taʼlim markazi direktori Shuhrat Sattorov, Respublika taʼlim markazi direktori oʼrinbosari Mehriniso Pardaevalar seminar sermahsul va muvaffaqiyatli oʼtganini taʼkidlashdi.
Manba: yuz.uz

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing