Xalq ta’limi vazirligi o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3ta ssenariy ustida ish olib bormoqda

Yakuniy xulosa Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.

Xalq ta’limi vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘quv yilini qay tarzda boshlash ustida o‘rganishlar olib bormoqda. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi o‘z vakolatidan kelib chiqib o‘quv yilini boshlash bo‘yicha 3ta ssenariy ustida ish olib bormoqda: 

1-ssenariy: Pandemiya holati barqarorlashib, maktablar odatiy tartibda o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu vazirlik va o‘quvchilar uchun eng maqbul variant. Xalqaro tajriba maktab yoshidagi bolalarga kasallik kam holatda yuqishini, ulardan kattalarga yuqish xavfi ham kamligini ko‘rsatmoqda;

2-ssenariy: Sog‘liqni saqlash vazirligining O‘zbekistonda bolalarda virus kechishi bo‘yicha xulosasi ijobiy bo‘lmagan taqdirda ta’lim onlayn tartibda davom ettirilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin;

3-ssenariy: Gibrid ssenariy bo‘lib, maktablar ochiladi. Maktablar ham sinf tizimiga o‘tkaziladi. Faqat ma’lum bir hudud, maktab holatidan kelib chiqib, o‘quvchilarning onlayn darslarda yoki maktabdagi darslarda bilim olishi davom ettiriladi.

Bunda, dastlabki bosqichda farzandi salomatligidan xavotir olgan ota-onalarga bolani uyda onlayn o‘qitishga imkon berilishi ko‘zda tutiladi, ya’ni davomat erkin bo‘ladi – oddiy darsda qatnashsa ham yoki onlayn dars orqali qatnashsa ham.

Bildirilishicha, yakuniy xulosa Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.

Aytilishicha, karantin qoidasi o‘zgarishidan qat’i nazar vazirlik tomonidan onlayn maktab loyihasi davom ettirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha bolaning maktabdan tashqari olgan bilimini uyga kelib mustahkamlash, o‘qituvchilarga esa malakali hamkasblarining mahorat darslarini olish uchun doimiy imkoniyat maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing