10 sentyabrgacha maktablarni ochish bo’yicha ko’rsatma berildi

Karantin Tugashi Haqida скачать с 3gp mp4 mp3 flv

Pedagog xodimlar va o’quvchilar yangi o’quv yilini an’anaviy tarzda boshlanishi uchun tayyorgarlik ko’rishlari mumkin. Chunki Prezident Shavkat Mirziyoev maktablarda o’qishni boshlash yuzasidan alohida ko’rsatma berdi. Xabaringiz bor, kecha 12 avgust kuni O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida mamlakatda karantin cheklovlarini yumshatish masalasida videoselektor yig’ilishi o’tkazilgan edi. Yig’ilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o’rta ta’lim maktablari va oliy o’quv yurtlarida o’qishni boshlash masalasiga ham to’xtalib o’tildi. “Birinchi maktabgacha ta’lim, o’rta ta’lim va oliy ta’limni nima qilish bo’yicha mutasaddi tashkilot rahbarlari va mutaxassislar, kollej, litseylarning rahbarlari bilan juda katta muloqot bo’lyapti. Bu to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar berib, eng to’g’ri yo’lni qabul qilamiz”, dedi Shavkat Mirziyoev. Shuningdek, Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog’liqni saqlash va sport masalalari bo’yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitov, Bosh vazir o’rinbosari Behzod Musaev, Bosh vazir o’rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo’chqorov Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda, bir hafta muddatda umumta’lim maktablarida o’qish jarayonini 10 sentyabrdan kechiktirmasdan yo’lga qo’yish bo’yicha puxta asoslangan takliflar va hisob-kitoblarni kiritish bo’yicha topshiriq berilgan.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing