Yangi o‘quv yilidan maktablarda matematika, kimyo va biologiya fanlari chuqurroq o‘rgatiladi

2020-2021 o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurroq o‘rgatish uchun mazkur fanlarga qo‘shimcha dars soatlari ajratildi. 

Foto: Dreamstime

Prezidentning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishida ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurroq o‘rgatish uchun mazkur fanlarga qo‘shimcha dars soatlari ajratildi. 

Vazirlik xabariga ko‘ra, jumladan:

  • 10-sinf “Matematika” faniga haftasiga 1 soat;
  • 10-11-sinf “Kimyo” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat);
  • 10-11-sinf “Biologiya” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat).

Shuningdek, 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da mamlakatimizda ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi munosabati bilan 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan (jami 1 soat) qo‘shib berildi.

Endilikda, xalq ta’limi tizimida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab:

  • matematika fani haftasiga 55 soat (o‘tgan yilda 54 soat);
  • kimyo fani haftasiga 12 soat (o‘tgan yilda 10 soat);
  • biologiya fani haftasiga 15 soat (o‘tgan yilda 13 soat);
  • informatika fani haftasiga 10 soat o‘qitiladi (o‘tgan yilda 9 soat).
print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing