JSST pandemiya sharoitida maktablar faoliyatining tiklanishi imkoniyatiga baho berdi

Jamiyatning pandemiya sababli kiritilgan cheklovlar rejimidan chiqishi maktablar faoliyati tiklanishisiz yuz berishi mumkin emas. Bunday fikrni JSSTning Yevropadagi byurosi direktori Xans Klyuge Kopengagenda o‘tgan brifingda bildirdi. 

Foto: Getty Images

Uning ta’kidlashicha, maktablar koronavirus tarqalishining asosiy o‘choqlaridan biri hisoblanmaydi. Bolalar koronavirus tarqalishida muayyan rol o‘ynaydi, biroq bu ularning ta’lim muassasalaridan tashqaridagi muloqoti bilan bog‘langan.

“Eng asosiysi – ko‘p narsa jamiyatda infeksiyaning tarqalganlik darajasiga bog‘liq. Koronavirusga qarshi qaratilgan asosiy choralar barcha sohalarda qabul qilinishi lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan Klyuge.

JSSTning Yevropadagi byurosi 31 avgustda maktablar ochilishi va koronavirusga bag‘ishlangan virtual uchrashuv o‘tkazadi. Unda qit’aning 53 davlati ishtirok etishi kutilmoqda.

Bir qator davlatlarda o‘quv yili pandemiya sababli onlayn tarzda boshlanmoqda. 

Avvalroq O‘zbekistonda yangi o‘quv yilini 14 sentyabrdan boshlash taklif sifatida kiritilib, bunda darslarni gibrid ssenariy (an’anaviy va onlayn ta’lim aralash holda) asosida o‘tkazish kutilayotgani aytilgan edi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing