Yuqori Chirchiq tumani XTB mudiri tabrigi

O'qituvchilar va murabbiylar bayrami bilan tabriklaymiz

   Dunyoda shunday kasblar borki, juda ham mashaqqatli o’z ishiga talabchan, abjir, chaqqon bo’lishni talab qiladi. Bu so’zni eshitganda yuraklar sog’inch hissini tuyadi, qo’msaydi va o’sha insonga intiladi. Bu inson esa USTOZdir. Yuragi g’ayrat-shijoatga to’la, yoshlar tarbiyasi yo’lidagi mas’uliyatli vazifani o’z zimmalariga olgan aziz, mehridaryo ustoz-murabbiylarimiz doimo e’zozda.

Albatta, bizni shunday baxtli kunlarga yetishishimizda yoshligimizdan ta’lim-tarbiya bergan ustozlarimizni xizmatlari beqiyos! Dunyoda ustozning mehnatidan og’ir mehnat yo’q. Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi va murabbiylarga bog’liq. Muxtasar qilib aytganda, xalqimizda «Ustoz otangdek ulug’» degan hikmatli naql bejizga aytilamagan. Zero, bugungi kunning yoshlari ham,siz aziz ustozlarimizni ardoqlab, sizlarning o’gitlaringizni, hayotiy tajribalaringiz va har bir hikmatli so’zlaringizdan o’rnak olib,  jonajon Vatanimizga munosib yosh avlod bo`lib yetishishmoqda. Mana bu yil ham _ bitiruvchilarimizdan  211 nafari OTMga o`qishga qabul qilindi. Albatta bularning barchasi sizlarning mehnatingizdir.

   Darhaqiqat, biz yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan o’qituvchi-murabbiylar timsolida ertangi kunimizning porloq kelajagini, jonajon Vatanimiz taraqqiyoti uchun sidqidildan xizmat qiluvchi o’g’il-qizlarimiz baxtini ko’ramiz.

       «Har  bir  muallimning  saodati,  davlatimizning  tinchi  va rohati  yoshlarning  yaxshi  tarbiyasiga  bog’liqdir».

Aziz va mehribon uztozlar! Sizlarni bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman.  Barcha uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan aziz ustozlar va mo‘’tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etaman.Qalbingizdagi ezgulik, yuzingizdagi tabassum hech qachon yo`qolmasin. Baxt va omad hech qachon tark etmasin! Doimo sog`-omon bo`ling. Bayramingiz yana bir bor muborak bo`lsin. Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo‘lishida ustozning o‘rni beqiyos.

G Aytekova Yuqori Chirchiq tumani XTB v.v.b mudiri

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing