Pedagog- xodimlar qanday hujjatlarni yuritishi lozim?

Soʻnggi 3 yil davomida xalq taʼlimi muassasalari pedagog xodimlari ortiqcha”qogʻozbozlik” va hisobotlardan xalos etilib, asosiy vaqtlarini oʻzlarining kasbiy mahoratini oshirishga, darslarni sifatli tashkil etishga va faoliyat samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratishlari belgilangan.

Jumladan yuritiladigan hujjatlar soni quyidagicha qisqargan:

  • Oʻqituvchilarniki 7 tadan 1 taga
  • Sinf rahbarlariniki 10 tadan 2 taga
  • MMIB direktor oʻrinbosarlariniki 19 tadan 4 tagacha
  • Psixologlarniki 27 tadan 8 taga
  • Ø Metod birlashmalariniki 6 tadan 3 taga qisqartirildi. Metodik kengash, Vasiylik kengash kabi jamoatchilik asosida tashkil etilgan tashkilotlar faoliyati tugatildi.

Biroq, joylarda hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va maktab maʼmuriyati tomonidan hozirgacha pedagog-xodimlardan ortiqcha hisobotlar va hujjatlar talab etish holati uchramoqda. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda ularning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

Xalq taʼlimi vazirligi tizimda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog-xodimlardan havolada keltirilgan roʻyxatdan boshqa hujjatlarni talab qilishga haqli emasliklarini eslatib oʻtadi va amalda bekor qilingan shu kabi hujjatlarni talab etgan holatlar haqida vazirlikning ishonch telefoni (71) 202-09-09 va @xtvpress telegram manziliga xabar berishlari soʻraladi.

Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari va maktab rahbarlaridan pedagog-xodimlardan ortiqcha hisobot va hujjatlarni talab etmasliklari boʻyicha yana bir bor ogohlantiriladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing