Kundalik taʼlim platformasi oʻqituvchilar uchun mutlaqo bepul taqdim etiladi

Kundalik raqamli taʼlim platformasi Kundalik kompaniyasi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekistondagi maktablarga joriy etilayotgani haqida avval xabar bergandik. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu platformadan foydalanish uchun joylarda oʻqituvchilardan pul talab qilinayotganlik holatlari yuzasidan murojaatlar boʻldi.

Ushbu murojaatlarga javoban Kundalik raqamli taʼlim platformasi oʻqituvchilar uchun mutlaqo bepul taqdim etilishini maʼlum qilamiz.

Elektron kundalikka obuna boʻlish faqat ota-onalar va oʻquvchilar uchun yiliga 10 ming soʻmni tashkil etadi. Ushbu miqdor uchun oʻquvchi, ota-onalar va bolaning maktab hayotini kuzatishni istagan boshqa qarindoshlar elektron kundalikka kirish huquqiga ega boʻladi.

Hurmatli oʻqituvchilar! Agar sizlardan elektron Kundalik uchun pul talab qilish holatlari yuzaga kelsa anonim ravishda Kundalikni qoʻllab-quvvatlash xizmatiga +998 (78) 888-82-82 yoki Xalq taʼlimi vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing