Endi AQSH lik mutaxassis “onlayn maktab”da ingliz tilidan dars oʻtadi

Maʼlumki, farzandlarimizning kelajakda muvaffaqiyatga erishishida xorijiy tillarni bilishi oʻzining ijobiy natijasini beradi.

Shu bois, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan oʻquvchi-yoshlarga chet tillarini oʻrgatish sifatini yana-da yaxshilash maqsadida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tasvirga olinayotgan umumtaʼlim maktablarning yuqori sinf oʻquvchilari uchun ingliz tili darslarini oʻtishga Madaniyat va taʼlim masalalari boʻyicha amerikalik attashe jalb qilindi. Endi oʻquvchilarda ingliz tilini xorijlik mutaxassisdan oʻrganish imkoniyati paydo boʻldi.

Joan farzandlarimizga til oʻrganishning oson va samarali yoʻllari orqali ingliz tilini oʻrganishlarida koʻmaklashadi. Bu esa oʻz navbatida oʻquvchilarning chet tilini oʻzlashtirishlarida ijobiy samara beradi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing