O‘zbekistonda 90 foiz bitiruvchisi OTMga kirgan maktab direktorlariga pul mukofoti beriladi

Мактаблар учун якуний имтиҳон саволлари эълон қилинди

«90 foiz bitiruvchisi o‘qishga yoki ishga kirgan maktab direktoriga oylik maoshi, direktor fondi qo‘shimchalaridan tashqari, bir martalik o‘quv yili uchun 8 million so‘mlik mukofot, o‘rinbosariga esa 4 million so‘m beriladi. Ko‘rsatkich 89 foiz bo‘lsa, mos ravishda 6 million va 3 million, 80 foizgacha bo‘lsa, 4 million va 2 million pul mukofoti ajratiladi», — degan Usmon Sharifxo‘jayev.

Bundan tashqari, maktab reytinglariga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish uchun o‘zining tumanida reytingi eng yuqori bo‘lgan direktorlarga ham ma’lum bir moliyaviy rag‘batlar belgilanmoqda.

«Hozirga qadar 10 foiz maktablar reytingi elektron tanlov asosida chiqarib kelinayotgan edi. Endilikda maktablarni reyting tizimiga 100 foiz qamrab olish va ularning reytingini chiqarish bo‘yicha ishlar tashkil qilinmoqda», — deya ma’lum qilgan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Odil Qo‘ysinov.

Reytingni tuzishda maktablarda dars berayotgan o‘qituvchi-pedagoglarning malaka darajasi, malaka oshirish tizimi qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi, o‘quvchilarning bilim darajalari, ya’ni 9 va 11-sinfni bitirishda keyingi bosqichga o‘tish salohiyati hisobga olinadi.

Shuningdek, matbuot anjumanida navbatdagi malaka toifasiga yig‘imlar bekor qilingani aytilgan. Ya’ni pedagog navbatdan tashqari xohishiga ko‘ra, malaka oshirish attestatsiyaga topshirmoqchi bo‘lganda undan yig‘im undirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020 yil 30 oktyabrda ta’lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda har bir maktab reytingini hamda shu asosda ta’lim sifati bo‘yicha tuman, shahar va viloyatlar reytingini ishlab chiqish zarurligi aytilgan. Reyting natijalariga qarab, maktab direktorlari va o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, hokimlar va ularning ta’lim bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga baho berilishi qayd etilgandi.

Reytingda birinchi beshlikka kirgan maktab direktorlariga mahalliy byudjetdan ustama to‘lanishi, xususan, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan 12 baravarigacha rag‘batlantiruvchi to‘lovlar berilishi mumkinligi ham ta’kidlangan. Prezident mazkur islohotlardan asosiy maqsad maktablarning samarali faoliyatini tashkil etish, direktorlar ishiga noqonuniy aralashuvlar va kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish ekanini bildirgan.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing