Prezident maktablari agentligi va Zamin jamg‘armasi inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Zamin xalqaro jamoat jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Foto: piima.uz

Agentlik xabariga ko‘ra, Zamin xalqaro jamoat jamg‘armasi direktori Tamila Aliyeva va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova ushbu hujjatni imzoladi.

Tomonlar aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy himoya qilish, ta’lim, xususan inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish, sohaga axborot texnologiyalarini keng jalb etish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi.

Hujjatni imzolash marosimida ikki tomonlama hamda xalqaro tashkilotlar bilan ish olib borish, xalqaro tajriba asosida eshitishda nuqsoni bor bolalarga zamonaviy bilim berish faoliyatini takomillashtirish bugungi kun talabi ekani ta’kidlandi.

«Memorandum mamlakatda inklyuziv ta’lim hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim berish jarayonlarini yanada yaxshilash uchun poydevor vazifasini o‘taydi», – deyiladi agentlik xabarida. 

Qayd etilishicha, o‘zaro hamkorlikdagi loyihalarda, asosan, bolalarga axborot texnologiyalari bo‘yicha boshlang‘ich va asosiy bilimlar beriladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing