XTV maktab ta’tillarini o‘zgartirish haqidagi taklifga javob qaytardi

Мактаб ўқувчиларининг қишки таътил санаси маълум бўлди | Qalampir.uz

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining kuz-qish mavsumi davrida o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashidagi qator noqulayliklar, maktablar masofasining uzoq radiusda joylashgani, ichki yo‘llardagi holat va boshqa qator sabablar tufayli maktablarda beriladigan ta’tillar davriga o‘zgartirish kiritish taklifi berilgani xabar qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi mazkur takliflar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi va maktab ta’tillari muddati o‘zgartirilmasligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, amaldagi davlat ta’lim standartlariga muvofiq, o‘quv yili 2 sentyabrdan 25 mayga qadar davom etadi. O‘quv yili 34 haftadan iborat, 4 ta chorakka bo‘lingan. O‘quvchilarning ta’til vaqtlari, dars mashg‘ulotlari davomiyligi amaldagi sanitariya me’yorlari asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilab qo‘yilgan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Avvalroq, joriy yilda umumta’lim maktablarida qishki ta’til odatdagidek 27 dekabrdan emas, barvaqtroq boshlanishi haqida xabar bergan edik.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing