O‘zbekistonda vaksinani birinchi bo‘lib keksalar, shifokorlar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar oladi

O‘zbekistonga vaksina kelsa, birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar, bog‘chalar tarbiyachilari emlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori Nurmat Otabekov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX alyansi orqali 2 million doza vaksina so‘rab murojaat qilgan. O‘zbekiston arizasi qabul qilingan.

«Agarda vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlanib O‘zbekistonga olib kelinsa, birinchi navbatda 65 yoshdan yuqori bo‘lgan shaxslar emlanadi. Xususan, tibbiyot xodimlari, maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilari emlanadi», degan u.

Shu yilning avgustida Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev  O‘zbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qo‘shilgani haqida ma’lum qilgandi. Dastur shartlariga ko‘ra, daromad darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar vaksinalar xaridi uchun pul to‘laydi va shu tariqa bu sohadagi moliyalashtiriladigan davlatlarga subsidiya beradi. Rejaga ko‘ra, mazkur mexanizm doirasida 2021 yilning oxiriga qadar butun dunyo bo‘yicha 2 milliard doza vaksina ishlab chiqarilishi va tenglik asosida taqsimlanishi kerak. Ushbu dastur doirasida ishtirok etayotgan barcha 190 mamlakat, shu qatorda O‘zbekiston ham, 2021 yilning birinchi yarmidayoq vaksina zaxirasidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

21 dekabr kuni Rossiya elchisi O‘zbekiston Rossiyaga ishlash uchun borishni rejalashtirgan mehnat migrantlarini emlash maqsadida 1 mln doza «Sputnik V» vaksinasiga buyurtma bergani haqida xabar qilgandi. 

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing