Maktablarda vaqtincha o‘tilmayotgan fanlar III chorakdan davom etadi

Ma’lumki, pandemiya davrida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash va ortiqcha muloqot qilishlarini oldini olish maqsadida joriy o‘quv yilining I va II choraklarida jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik, CHQTB hamda tarbiya fanlarini vaqtinchalik o‘tmaslik tavsiya etilgan edi.

Xalq ta’limi vazirligi epidemiologik vaziyat barqarorlashganligi, bugungi kunga kelib deyarli barcha maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 5,6 mln. nafar (90 foiz) o‘quvchilar an’anaviy shaklda ta’lim olayotganligini hamda ko‘pchilik ota-onalar va pedagoglarning takliflarini inobatga olib, maktablarda ushbu fanlar III chorakdan yana davom etishini ma’lum qiladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing