1 fevraldan ish haqi va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

2021 yil 1 fevraldan boshlab, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi. Tegishli qaror 30 dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan.

Shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdori va mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori ham 10 foizga ko‘tariladi.

Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, 2020 yil 1 fevraldan:

  • bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 245 000 so‘m (hozirda 223 000 so‘m);
  • mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m (hozirda 679 330 so‘m) etib belgilanadi.

Bundan tashqari:

  • 2 yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi uchun nafaqa – oyiga 434 ming so‘m;
  • kam ta’minlangan oilalarga to‘lanadigan moddiy yordam 326–653 ming so‘m (hududlar kesimida turlicha) etib belgilanadi;
  • 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga to‘lanadigan nafaqa miqdori 10 foizga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 fevraldan ish haqi, pensiya va nafaqalar 7 foizga oshirilgan edi. 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab esa pensiya va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilgan.

Jarimalar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblashda foydalaniladigan bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 2020 yilda oshirilmagandi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing