O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga sirtqi ta’limda o‘qish uchun alohida imkoniyat beriladi

Иккинчи ва ундан кейинги олий маълумот олишга рухсат этилган ОТМларнинг  рўйхати эълон қилинди - Erkak.uz

Barchamizga ma’lumki ko‘p joylarda oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga mehnat shartnomasini bekor  qilinishi haqida yozma ogohlantirishlar berilayotgan edi.

Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2018 yil 2 noyabrda o‘tkazilgan majlis bayoni bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi tizimida islohotlarni yanada jadallashtirish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yo‘l xaritasi”ning 20-bandida Xalq ta’limi vazirligiga maktablar kesimida o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarni mutaxassisligi va yoshi bo‘yicha tahlil qilish, tahlil natijalariga ko‘ra o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar o‘rnini bosqichma-bosqich oliy ma’lumotli kadrlar bilan to‘ldirish vazifalari yuklatilgandi.

Xalq ta’limi vazirligi esa yuqoridagilarni hisobga olib 2019 yil 8 may kuni tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari, umumta’lim maktablari rahbarlariga 02-01/4-992 sonli xat yuborgandi.

Ushbu xatda umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli nomutaxassis va boshqa fandan dars berayotgan o‘qituvchilar hamda nafaqa yoshiga yetgan (o‘rta maxsus ma’lumotli) pedagoglarni kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishgan holda bosqichma- bosqich oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan almashtirish, boshqa barcha o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarni Hukumat tomonidan yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi, kechki va sirtqi yo‘nalishlarida o‘qishga yo‘naltirish lozimligi aytilgan.

Lekin, ancha vaqtdan buyon o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarga oliy ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi, kechki va sirtqi yo‘nalishlarida o‘qishlari uchun imtiyozlar berilmayotgandi.

Xabaringiz bo‘lsa, 2020 yil 6 noyabr kuni “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni imzolandi.

Mazkur farmonga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilidan umumta’lim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratilishi belgilab qo‘yildi.

Ana endi o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar ushbu imtiyozlardan bemalol foydalanib, bakalavriatning sirtqi ta’lim shaklida o‘qib, o‘z ish joylarini saqlab qolishlari mumkin.

P.S: Esatib o‘tamiz, hozircha, oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratilishishi bo‘yicha tegishli mutasaddilar tomonidan hech qanday yo‘riqnoma ishlab chiqilmadi. Balki, yaqin orada yangilik bo‘lib qolar.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing