Maktabingizdagi qoniqarsiz issiqlik tizimi haqida xabar berishga qoʻshimcha imkoniyat

Кўп қаватли уйларнинг иситиш тизими қачондан бошлаб ўчирилиши ҳақида маълумот берилди

Hurmatli ota-onalar!

Maʼlumki, umumtaʼlim maktablarining isitish tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashi, ulardagi muhandislik kommunikatsiyalarning ishchi holatda saqlanishi, shu yoʻnalishda olib boriladigan qurilish-taʼmirlash ishlariga mahalliy davlat hokimiyat organlari masʼul etib belgilangan.

Bugun 11-yanvar kuni barcha maktablarda yangi III chorak boshlandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga qishki mavsumda barcha maktablarning issiqlik tizimini barqaror ishlashi boʻyicha tegishli topshiriqlar berilgan, shuning uchun agarda joylarda muammolar boʻlsa hududiy shtablar orqali operativ ravishda choralar koʻrib borilmoqda.

Mazkur masalada Xalq taʼlimi vazirligining hududlardagi shtablari tashkil etilgan boʻlib, ularga mazkur havoladagi raqamlar orqali murojaat qilish imkoniyati ham mavjud.

Agar siz hududlardagi shtablarga murojaat qilgan boʻlsangiz, ammo hali xam maktabingizda issiqlik tizimining ishlashi bilan bogʻliq muammolar mavjud boʻlsa, Xalq taʼlimi vazirligining (71) 202 09 09 raqamli murojaatlar markaziga murojaat qilishingiz ham mumkinligini maʼlum qilamiz.

Ushbu murojaatlarni respublika kuz-qish shtabi hamda hududiy shtablar bilan hamkorlikda hal etish choralari koʻriladi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing