Sirdaryoda xalq ta’limi bo‘limi xodimi 1400 dollar bilan qo‘lga tushdi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Xalq ta’limi bo‘limi xodimi A.Sh. 1400 dollar va 300 ming so‘m pullarni olgan vaqtida, jinoyat ustida ushlandi.

Foto: Vitaliy Timkiv

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning tasdiqlashicha, A.Sh. o‘z lavozimidan foydalanib, MChJ ishchisi E.A.ga tumanda 2021 yilda ta’mirlash dasturiga kiritilgan maktab binolarining ta’mirlash ishlarini olib berishni va’da qilib, undan 1500 AQSh dollari miqdorida pul berishni talab qilgan.

13 fevral kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.Sh. E.A.dan 1400 AQSh dollari va 300 ming so‘m pullarni olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing