Pedagog xodimlarni o‘z xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi

Картинки по запросу "majburiy mehnat"
Xalq ta‘limi Info | Ulug‘bek Po‘latov

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3907-sonli qaroriga muvofiq pedagog xodimlarni quyidagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi:

👉Xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish;

👉Xalq ta’limi xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga majburan obuna bo‘lishini tashkil etish;

👉Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan asoslarga va o‘rnatilgan tartibga rioya etmagan holda tekshirish.

❗️Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortiladi.

🔰Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197-5-moddasiga ko‘ra ta’lim muassasasi pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish holatlari uchun:

👉fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

🔰Agar xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:

👉fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lади.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing