Qo‘qon olimpiadasining viloyat bosqichi

Картинки по запросу "математика олимпиада"
Yangiliklar

Matematika fanidan bilimli va iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida respublika umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, nodavlat ta’lim muassasalari hamda akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Qo‘qon olimpiadasi” bo‘lib o‘tmoqda.

Olimpiadaning viloyat bosqichi Davlat test markazi tomonidan 2021-yil 20-21-fevral kunlari barcha hududlarda o‘tkaziladi.

Olimpiada uch guruhga bo‘lingan holda (birinchi guruh – 5-6-7-sinf, ikkinchi guruh – 8-9-sinf, uchinchi guruh – 10-11-sinf) tashkil etiladi. Bunda:

  • birinchi guruh uchun jami 20 ta, jumladan, 6 ta standart, 7 ta mantiqiy, 7 ta nostandart test topshirig‘i va 80 daqiqa vaqt;
  • ikkinchi guruh uchun jami 25 ta, jumladan, 8 ta standart, 8 ta mantiqiy, 9 ta nostandart test topshirig‘i va 100 daqiqa vaqt;
  • uchinchi guruh uchun jami 30 ta, jumladan, 6 ta standart, 10 ta mantiqiy, 14 ta nostandart test topshirig‘i va 120 daqiqa vaqt ajratiladi.

Standart testlarning har bir to‘g‘ri javobiga 2,1 balldanmantiqiy test topshiriqlariga 3,2 balldannostandart test topshiriqlariga 4,3 balldan beriladi.

Test sinovlari o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Davlat test markazi barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tilaydi.

print
image_pdfPDF da yuklashimage_printBosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing