Pasport nusxasi, 3×4 surat va boshqalar: davlat organlari endi so‘ramaydigan 18 ta hujjat (ro‘yxat)

Prezident farmoniga asosan, davlat organlari tomonidan 18 turdagi ma’lumot va hujjatlarning aholi va tadbirkorlardan talab etilishi bekor qilindi.

450 dan ortiq qonun hujjatida belgilangan ushbu 18 turdagi hujjatlarni vakolatli davlat organlari «Elektron hukumat» platformasi orqali oladigan bo‘ldi.

Ushbu hujjatlarlar quyidagilar:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
  • shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;
  • kadastr hujjatlari va ularning nusxalari;
  • mehnat daftarchalari va ularning nusxalari;
  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining ma’lumotnomalari;
  • ish haqi va ish stajini tasdiqlovchi arxiv ma’lumotlari;*
  • oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalari.*

* Fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida ushbu hujjatni «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda so‘rash bundan mustasno.

Quyidagi faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar:

  • ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turish-turmasligi;
  • narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turish-turmasligi;
  • sudlanganlik;
  • manzil-ma’lumot axboroti;
  • fuqaroning nomida shaxsiy uy-joy bor-yo‘qligi;
  • turar joyning maydoni;
  • soliq qarzi bor-yo‘qligi;
  • soliq to‘lovchi jismoniy shaxslarning davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgani;
  • pensiya va nafaqa miqdori;
  • pensiya yoki nafaqa oluvchilar ro‘yxatida bor-yo‘qligi;
  • nikoh qayd etilgani, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralgani.

Prezident farmoni bilan joriy etilgan yangilik orqali aholining idorama-idora sarson bo‘lib yurishining oldi olinadi.

print
PDF da yuklash
Bosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing