Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i pora bilan ushlandi

Tadbir davomida fuqaro boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, uning xalq ta’limi tizimida ishlovchi tanishlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ikki nafar tanishini maktab direktori lavozimiga hamda dugonasini maktab direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlash masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 8 400 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fuqaro aybiga to‘liq iqror bo‘lib, olgan pullarining bir qismini Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga berishi kerakligini ma’lum qilgan.

Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i fuqarodan yuqorida qayd etilgan masalalarni ijobiy hal qilib berish evaziga 900 AQSh dollarini pora tarzida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘iga Jinoyat kodeksining 210 -moddasi, fuqaroga nisbatan esa 168-moddasi va 28-, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Jizzax shahar xalq ta’limi bo‘limi mas’uli 1 500 dollar pora olayotganda ushlangandi

print
PDF da yuklash
Bosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing