XTV nima sababdan 9-sinf bitiruvchilariga shahodatnomalarning nusxasi berilayotganini tushuntirdi

Nima sababdan 9-sinf bitiruvchilariga shahodatnomalarining originali emas, uning nusxasi berilyapti. 11-sinfni bitirganidan keyin attestatlarning originali beriladimi?

Javob: O‘zbekistonda 11 yillik majburiy ta’lim joriy etilgani sababli, aksariyat 9-sinf o‘quvchlari ta’limni o‘z maktabida davom ettiradi, ularning shahodatnomalarining originali ham maktabda saqlanadi. Agar 9-sinfdan keyin o‘quvchi boshqa maktabga yoki akademik litseyga o‘qishga qabul qilinsa, ushbu o‘qishga kirgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan ma’lumotnoma (talon) asosida shahodatnomaning original nusxasi berib yuboriladi. Bu masalada ota-onalar maktab direktoriga murojaat etishlari mumkin.

11 yillik majburiy ta’limni tamomlaganidan so‘ng esa ularga attestatlari tantanali ravishda topshiriladi.

print
PDF da yuklash
Bosmaga chiqarish

Author: Bahodir

Javob yozing